Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari bayram tadbirida ishtirok etdi
IIV TvaTOXTD Metropolitenda XTBda 2022-yilning 30-dekabr kuni “Yangi 2023-yil” bayrami kirib kelayotganligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi
Bayram tadbirining 1-qismida Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov shaxsan oʻzlari ishtirok etib, yurtimiz bayrogʻi koʻtarilib, Ona-vatanimiz madhiyasi kuylandi. Vazir oʻrinbosari yigʻilganlarni bayram bilan samimiy tabriklab, 2023-yilda qilinishi lozim boʻlgan vazifalarni birma-bir shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazdi.
Soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga koʻra taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan, shuningdek, navbatdagi maxsus unvonlarni oʻz egalariga topshirdi.
Bayram tadbirining 2-qismida qorbobo va qorqiz ishtirokida turli xil oʻyinlar tashkil etilib, bolajonlar oʻz sheʼrlari bilan hammaga olam-olam quvonch ulashdi.
Bayram soʻngida bolajonlarga qorbobo sovgʻalari ulashildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti