26 May 2022 668

Ichki ishlar organlarida shoshilinch tibbiy yordamning ahamiyati

Ichki ishlar organi xodimlari oʻz faoliyatlari davomida jabrlanuvchilarning turli darajada tan jarohati olgan holatga duch keladilar. Bunday shoshilinch holatlarda xodimlar tez tibbiy yordam koʻrsatishlari zarur boʻladi. Agar ichki ishlar xodimida birlamchi zaruriy tibbiy bilimlarga ega boʻlsa, bu turdagi qaltis vaziyatga yechim topa oladi.

Joriy yilning 25-aprel kuni Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida vazirlik Malaka oshirish instituti oʻquv yigʻini tinglovchilari uchun “Shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish” mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda tinglovchilarga insonlarda “klinik oʻlim” sodir boʻlganda sarosimaga berilmasdan, vaziyatga toʻgʻri baho bergan holda oʻpka-yurak reanimatsiyasi oʻtkazish yuzasidan koʻrgazmali tarzda koʻnikmalar berildi.

Shuningdek, tibbiy xodimlar tomonidan oʻmrov, yelka suyaklari sohasida ochiq va yopiq sinishlar sodir boʻlganda tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ichki va tashqi arterial va venus qon ketishlar holatida birinchi tez tibbiy yordam chora-tadbirlari toʻgʻrisida tinglovchilarning bilimlari oshirildi.

Eʼtiborli tomoni mazkur “mahorat darslari” tinglovchilar orasidagi ichki ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi markaziy va hududiy tibbiyot muassasalarining ofitserlik lavozimidagi xodimlari tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbir tinglovchilarda tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini shakllanishiga, kelgusidagi xizmat faoliyatida yuz beradigan shoshilinch holatlarda tezkor va toʻgʻri yoʻl tutishlarida dasturul amal boʻlib xizmat qiladi.

IIV Malaka oshirish instituti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага