14 Avgust 2022 528

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i kursantlar bilan uchrashdi

Mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu boradagi profilaktik tadbirlarni samarali tashkillashtirish ichki ishlar organlarining xalqchil tuzilma sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV O‘quv-dala markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, amaliyotga tatbiq qilingan yangicha yondashuvlar, aholi bilan manzilli ishlashning o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlandi. Unda Ichki ishlar vazirligi vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.

 Ochiq muloqotda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘inlari samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar, joylarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida erishilayotgan natijalar, shuningdek tizimni malakali kadrlar bilan taʼminlash masalalari xususida fikr almashildi. Kursant yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Tadbir so‘nggida IIV JXD HPX boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdaliyev “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishiga qabul qilingan kursantlarga tizim faoliyati yoritilgan qo‘llanmalarni sovg‘a qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага