14 Mart 2023 530

Hujjatlarni taqdim qila olmadi

Jizzax viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xamda viloyat veterinariya boshqarmasi xodimlari Gʻallaorol tumanidagi «Sangzor-15» YPX maskanida «Kobalt»ni toʻxtatib, tekshirganlarida avtoulovda fuqaro A.S ga tegishli 115 kg goʻsht borligi aniqlangan. A.S. nomaʼlum hayvon goʻshtiga tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan.

Shuningdek, u goʻshtni Buxorodan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligini maʼlum qilgan. Mahsulot tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага