12 Dekabr 2021 4889

Hibsxonadagi uchrashuv

“Oʻzbekiston yoshlar forumi-2021” 61-bandi ijrosi yuzasidan joriy yil 7-dekabr kuni Nukus shahar 2-son tergov hibsxonasida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti amaliy psixologiya mutaxassisligi 3-bosqich talabalari hamda “Imom eshon Muhammad” jome masjidi imomi ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan psixologik seminar trening oʻtkazildi. Shu bilan birga jazoni ijro etayotgan fuqarolarga davlatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага