26 Iyul 2022 885

Guliston shahrida noqonuniy qurol saqlash holati aniqlandi

Olingan maʼlumotga ko‘ra, Guliston shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1967 yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashovchi Z.A. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tegishli ruxsatnomasiz 1 dona 1 stvolli, 5.6 kalibrli, №14289 raqamli “TOZ-16” rusumli o‘qotar ov qurolini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага