23 Mart 2023 262

Goʻyoki «hojatbaror» shaxs birovning plastik kartasidagi pullarni oʻmarib ketdi

Jondor tumani «Xumin» qishlogʻida yashovchi, 2005-yilda tugʻilgan Ch.B. ismli shaxs 2022-yil may oyida qasddan jinoyat sodir qilish yoʻliga oʻtib, tumanning «Qozikenti» mahallasida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan boshqa bir fuqaroning plastik kartasidan 500.000 soʻm pulini yechib berishda yordamlashish bahonasida, gʻarazli niyatda plastik kartani oʻzi ishlatib kelayotgan raqamiga ulab olib, 2022-yil 13-iyul kunidan 2023-yil 10-yanvar kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida jami 3.650.000 soʻm pullarni yashirin ravishda yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага