12 Avgust 2022 414

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilmoqda

Joriy yilning 1 avgust kunidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi boshlanganligini va mazkur tadbir doirasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilganligi va bu boradagi chora-tadbirlar kuchaytirilgan tarzda davom etishi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq yana bir necha jinoyatlar fosh etildi.

Jumladan, 1980 yilda tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi, S.K. joriy yilning 4 avgust kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan shaharning 4-dahasi hududida to‘xtatib, yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qog‘oz parchasiga qadoqlangan “geroin” giyohvandlik vositasini o‘zi bilan olib yurganligi aniqlandi.  

Shuningdek, 4 avgust kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, M.O. tuman markazida tanishiga 2 ta qadoqdagi “geroin” giyohvandlik vositasini 600 000 so‘mga sotgan paytida qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, joriy yilning 6 avgust kuni Urganch tumanidagi “Cholish” blok postida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Urganch tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, F.X. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda avtomashina salonida 1,89 gramm  miqdordagi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, Giyohvandlik vositalari esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага