19 Sentabr 2022 580

Geroin savdosiga chek qoʻyildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda XTBga Sh ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, unda, Toʻrtkoʻl shahrida yashovchi “J” ismli shaxs giyohvandlik moddasini sotish va isteʼmol qilish bilan shugʻullanib yurganligini hamda uning jinoyatiga chek qoʻyishda oʻz xohishi bilan yordam berishini maʼlum qilgan.

Ushbu arizaga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda XTB Miskin bekati boʻlinmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 24-avgust kuni tezkor tadbir oʻtkazilib Toʻrtkoʻl temir yoʻl bekati hududi boʻylab yurgan Toʻrtkoʻl tumani Nukus koʻchasida yashovchi 1991-y.t. N.J. toʻxtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan qogʻoz boʻlagiga oʻralgan 0.07 gramm «geroin» giyohvandlik moddasi (EKBning xulosasiga koʻra) borligi aniqlanib, ushlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida N.J. ushbu moddani Toʻrtkoʻl shahrida yashovchi R.A.dan sotib olganligi va ushbu shaxsni qoʻlga olishda oʻz xohishi bilan yordam berishi haqida maʼlum qilgan.

Shu kuni davom ettirilgan tezkor tadbir davomida, Nukus koʻchasi 22-sonli maktab oldida Toʻrtkoʻl tumani K.Otaniyozov koʻchasida yashovchi, 1977-y.t. R.A. fuqaro N.J.ga 0.04 gramm «geroin» giyohvandlik moddasini (EKB xulosasiga koʻra) 300 ming soʻm evaziga sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda XTB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага