5 Yanvar 2023 533

Firibgarning parvozi Moskvada “yakunlandi”

Koʻp miqdorda firibgarlik xatti-harakatini sodir etgan chiroqchilik J.I. tergov organlarini ham chalgʻitmoqchi boʻldi. Natijada unga nisbatan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv eʼlon qilindi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qochoq Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida qoʻlga olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага