31 Mart 2022 1435

Firibgarlik jinoyatini sodir qilgan qidiruvdagi shaxs Fargʻonada qoʻlga olindi

Jarqoʻrgʻon tumanida 2021-yil 12-avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Sirdaryo viloyati Guliston shahar harbiy prokuraturasi tomonidan qidiruvda boʻlgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qoʻllanilgan, Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi, S.Soatmurod (ism-sharif oʻzgartirilgan) 24-mart kuni Fargʻona viloyatida xizmat safarida boʻlgan viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага