4 Iyun 2023
458
Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshligʻi ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi
Viloyat IIB tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali ishlab chiqilgan boʻlib, boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan muntazam ravishda qabullar tashkil etilyapti.
Jumladan, viloyat IIB boshligʻi tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy qabul jarayonida 6 nafar fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalar sinchkovlik bilan oʻrganildi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 2 nafarining murojaati joyida ijobiy hal qilindi. Qolgan murojaatlarning ijrosi muddat talab qilganligi sababli alohida nazoratga olinib, sohaviy xizmatlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati