22 Oktabr 2022 863

Fargʻona tumanida qimorxona tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi

15-oktyabr kuni tuman IIB JQB va DXX xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Konchilar mahalla hududida yashovchi M.R. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etib, fuqarolar U.N., T.S. va S.M.larga tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini oʻynashlari uchun shart-sharoit yaratib berganligi aniqlanib, jami 28.238.000 soʻm va 800 AQSH dollari va 148 dona oʻyin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага