Fargʻona shahrida telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs ushlandi
T.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 23-fevral kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, narxi 1.000.000 soʻmlik “Samsung A 12» rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, aldov yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.D. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati