16 Iyul 2022 1119

Eʼlon! Davlat, xususiy va mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi tomonidan Umumqo‘shin quruq payogi uchun tanlov o‘tkazish maqsadida  narxlarini o‘rganish bo‘yicha eʼlon beradi.

Eʼlon shartlari:

Mahsulotlarning sifati meʼyoriy hujjatlar (GOST, O‘z DSt, TSh va h.k.) talablariga javob berishi, shuningdek, mahsulotlar 2022 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lishi, yaroqlilik muddati amaldagi meʼyoriy hujjat talablari asosida hamda sifatini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologik xulosasi, muvofiqlik sertifikatlari ishlab chiqaruvchi korxona nomidan bo‘lishi shart.

Eʼlon bo‘yicha tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilib olinadi: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, M. Ashrafiy ko‘chasi 103 uy. Tijorat takliflari eʼlon chop etilgan sanadan boshlab 5 kun mobaynida qabul qilinadi. Maʼlumot uchun har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha yuqoridagi manzilga murojaat etishlari mumkin. Telefonlar: (71) 291-80-03.

Korxonalar tomonidan mahsulotlarining narxlari ko‘rsatilgan holda tijorat takliflari belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasiga taqdim etilishi shart.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага