18 Yanvar 2023 455

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Maʼlumki, mamlakatimizda bugungi sovuq kunlarda fuqarolarimiz tomonidan bir-biriga oz boʻlsada koʻmaklashib, mehr-oqibat koʻrsatilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati va xodimlari tomonidan ham poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Xusayn Bayqaro va Bektemir mahallalarida yashovchi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi.

Jumladan, 20 ga yaqin oilalarning 60 nafardan ziyod aʼzolarining xonadonlariga osh olib borildi.

Kam taʼminlangan, nogiron va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar tomonidan mana shunday savobli ishlarni amalga oshirayotgan ichki ishlar vazirligi va Malaka oshirish instituti rahbariyati hamda xodimlariga minnatdorchilik bildirildi.

IIV Malaka oshirish instituti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага