5 Mart 2022 1257

“Diqqat piyoda” tadbirining so‘ngi kunida Farg‘ona viloyatida qidiruvga berilgan fuqaro ushlandi

Joriy yilning 28 fevral kuni Zangiota tumani hududidan o‘tgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda, shu hududda xizmat olib borayotgan YPX inspektori A.O‘tamishovning eʼtiborini tortadi va piyodaga chora ko‘rish maqsadida to‘xtatadi.

Planshet yordamida fuqaroning shaxsi tekshirilganda u – 1983 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyatida yashagan fuqaro X.Z. ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2021 yilning 31 dekabr kunida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilinganligi aniqlandi.

Qidiruvdagi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi “Qamoq” bo‘lganligi uchun fuqaro Zangiota tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Toshkent viloyati IIBB YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага