Denov tumanida jinoiy guruh qoʻlga olindi
Denov tumanida 2023-yil 26-yanvar kuni Toshkent shahrida yashovchi, Yu.Bobur (ism-shariflar oʻzgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 25-yanvar kunidan 26-yanvar kuniga oʻtar kechasi tumanning “Qizilgul” mahallasida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida saqlanayotgan 3 bosh qoʻylarini nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida, ushbu oʻgʻirlik jinoyatini Denov tumanida yashovchilar, 2003-y.t. K.Salim, 2004-y.t. K.Davron, 2002-y.t. S.Sobir hamda 2005-y.t. B.Valisherlar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.
5-fevral kuni K.Salim, K.Davron, S.Sobir hamda B.Valisherlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati