17 Iyul 2022 505

Chirchiq shahar IIBda 200 nafar yoshlarni qamrab olgan “IIB boshligʻi kubogi” musobaqasi oʻtkazildi

Yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida 3-sektor hududida joylashgan 11 ta mahalla yoshlari oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda, 200 nafarga yaqin yoshlar va ularning yaqinlari, mahalla masʼullari, hamkorlikdagi tashkilot rahbarlari hamda 3-sektor rahbari va bir guruh IIO xodimlari ishtirok etdi.

Musobaqa oldidan soʻzga chiqqan IIB boshligʻi podpolkovnik Elmurod Sultonov yoshlarga avvalo faol ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi va musobaqada ishtirokchilarga omad tiladi.

200 ga yaqin yoshlarni qamrab olgan musobaqa jarayonlari qizgʻin va murosasiz boʻlib, yoshlar har bir sport turi boʻyicha oʻz iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Xususan, musobaqaning shaxmat yoʻnalishi boʻyicha 20 nafar yoshlar ishtirok etgan boʻlsa, ishtirokchilarning eng kichik yoshlilardan biri Shahrizoda Sattorova mustahkam gʻalaba bilan 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

IIB boshligʻi Shahrizodani alohida tabriklab, 8 yoshida 20 nafarga yaqin mahalladoshini yenggan boʻlsa 18 yoshida chempion boʻlishiga ishonch bildirdi va esdalik sovgʻani topshirdi.

Shaxmat boʻyicha 1-oʻrin va kubokni Shahzoda Shermuhammadova (Bahor MFY) egallagan boʻlsa, 3-oʻrinni Mirolim Adilov (Yulduz MFY) qoʻlga kiritdi.

– Meni eʼtiborimni tortgan jihati ichki ishlar boshqarmasida sport bilan shugʻullanish uchun qulay sharoitlar yaratilgani, -deydi suzish boʻyicha gʻolib Sabina Erkinova. –Hatto, standartlarga javob beradigan zamonaviy basseyn, mini futbol va voleybol va boshqa sport turlari bilan shugʻullanish uchun barchasi muhayyo. Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirgan holda, bunday musobaqalarni koʻproq oʻtkazishlarini soʻrab qolardim.

Shu kabi, boshqa yoʻnalishdagi gʻolib va ishtirokchilar ham 3-sektor boshligʻi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib ragʻbatlantirildi.

Gʻoliblarga sovgʻalar tantanali ravishda IIB boshligʻi tomonidan topshirildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага