Chilonzor tumani IIO FMB Probatsiya boʻlimi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar uchun tumanda “Ishga marhamat” shiori ostida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabr kunidagi №PQ4006-sonli “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori talablarining ijrosini taʼminlash maqsadida bugun 02.12.2022-yil kuni Chilonzor tumani "Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi" bilan hamkorlikda Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosida "Ishga marhamat" shiori ostida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, mazkur mehnat yarmarkasiga Chilonzor tuman IIO FMB Probatsiya boʻlimida roʻyxatda turgan 150 nafar nazorat ostidagi shaxslar taklif etildi.
Mazkur oʻtkazilgan mehnat yarmarkasi davomida 11ta korxona va tashkilotlardan kelgan masʼul xodimlar tomonidan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha maʼlumotlar berilib, Probatsiya boʻlimida roʻyxatda turgan shaxslarning ish bilan taʼminlash, ularning bandligini taʼminlash va shu orqali ishga joylashib axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashlari borasida 65 nafar shaxsga aniq boʻsh ish oʻrinlariga yoʻllanmalar berildi hamda 28 nafar mahkum ishga joylashtirildi.
IIV JXD Probatsiya xizmati