Chet el fuqarolarini vaqtincha roʻyxatga olish tartiblariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi
Termiz shahridagi Matbuot uyida respublikamizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ichki ishlar organlarida, shuningdek, sanatoriy va davolanish muassasalarida vaqtincha roʻyxatga olish tartiblariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB M va FRB xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tarkibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi 593-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2023-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarorning mazmun-mohiyati joylashtirish vositalari rahbarlari va masʼul shaxslarga tushuntirishdi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olishni ular Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, joylashtirish vositalari yoki davolanish muassasalariga uch ish kuni davomida murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolanish muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiriladi. Qaror bilan vaqtincha roʻyxatga olish ishlari faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari rahbarlari tomonidan chet el fuqarolarini respublikamizda vaqtincha boʻlishi harakatlanishi, shuningdek, viza rejimi va Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshni davlatlar bilan “Fuqarolarni oʻzaro kelib ketishlari tartibi toʻgʻrisi”da bitim talablari yuzasidan ham berilgan savollarga viloyat IIB MvaFRB masʼul xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati