15 Mart 2023 708

Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz goʻsht mahsuloti toʻxtatib qilindi

Navoiy viloyatida epizootik va epidemik vaziyatni barqarorlashtirish borasida viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2023-yil 14-mart kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan goʻsht mahsuloti aniqlandi.

Xususan, 14-mart kuni soat 02:20da Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida yashovchi 1976-y.t., fuqaro U.B. boshqaruvida boʻlgan «GAZ ” rusumli avtotransport vositasining yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli boʻlgan jami 1000 kg. lahim goʻsht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ushbu goʻsht mahsulotlarni Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining 2023-yil 14-mart kunidagi xulosasiga koʻra, isteʼmolga yaroqsiz ekanligi maʼlum boʻlib, yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.

IIV JXD JTSX Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlimi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага