25 Fevral 2023 594

Buxoroda yana bir nechta fohishaxona tashkil qilgan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan «Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bogʻliq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi.

Jumladan, 2023-yil 9-fevral kuni soat 18:00 larda Buxoro shahar Mustaqillik koʻchasida yashovchi, 1970-yilda tugʻilgan A.z. yashash uyida moddiy manfaatdor boʻlish maqsadida bir erkak va bir ayolni 150.000 soʻm evaziga oʻzaro jinsiy aloqada boʻlishlari uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgan.

Ikkinchi holatda, 11-fevral kuni soat 19:30 larda Buxoro shahar Mustaqillik koʻchasida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan D.A. oʻzining yashash xonasida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib, shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 150.000 soʻm miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona tashkil etgan.

Uchinchi holatda esa joriy yilning 20-fevral kuni soat taxminan 14-00 larda Olot tumani Kesakli mahallasida yashovchi Yu.N. oʻzi istiqomat qilib kelayotgan yashash uyi yotoqxonasida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага