Buxoroda “Sog‘lom avlod uchun” shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan, respublika ishchi-guruhi ishtirokida bugun, 3 avgust kuni erta tongdan Buxoro shahri hududi bo‘ylab uyushtirilgan yugurish marafonida uyushmagan yoshlar, aholi vakillari bilan birga Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
“Sog‘lom avlod uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tgan marafon insonlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini taʼminlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilishga chaqiradi.
Marafon nihoyasida finish chizig‘ini birinchilardan bo‘lib zabt etgan ishtirokchilar Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan diplom, medal, badiiy kitob va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati