Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasida xavfsiz turizmni taʼminlashga doir muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
Joriy yilning 26-aprel kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Bunda, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼullari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan 3 oyi davomida boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda sayyohlik namoyishi obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda turistlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilgan va kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar koʻrib chiqildi.
Jarayonda shaxsiy tarkib oʻrtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi.
Muhokama yigʻilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, turizm salohiyatini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligi, ularga nisbatan yoxud turistlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir topshiriqlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Yakunda 2023-yilning ayni kuniga qadar mahalliy va xorijiy sayyohlar ishtirokida birorta ham jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilmagani eʼtirof etilib, turistik obyektlarda hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ijro va xizmat intizomini yanada mustahkamlash, bunda rahbar xodimlardan shaxsiy namuna koʻrsatish talab qilindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati