24 Mart 2023 158

Buxoro viloyati 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Romitan tumanida oʻtkazildi

Maʼlumki, aholi murojaatlariga oʻz vaqtida yechim topish, muammolarni joyiga borgan holda oʻrganish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan joylarda ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, tasdiqlangan grafik asosida Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimovning navbatdagi sayyor qabuli, bugun, 23-mart kuni Romitan tumani “Afrosiyob” mahallasi aholisi bilan oʻtkazildi.

Sayyor qabulda tuman hokimi, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

Qabulda koʻtarilgan fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha 15 dan ortiq murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, hududda “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yoʻnalish boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага