5 Dekabr 2022
681
Buxoro shahrida taʼlim sohasida sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamkorligida 2022 yil 30 noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan A.G. ismli ayol rus tili fanidan “S-1” toifali sertifikat uchun bo‘ladigan sinov imtihonlarida boshqaning o‘rnidan kirib, sertifikatni olib berishni vaʼda qilib, undan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Romitan tumani bo‘limi tomonidan A.G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati