13 Avgust 2022 642

Buxoro shahrida “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbiri

Joriy yilning 8-avgust kuni soat 21:30 larda Buxoro shahar IIO FMB Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro tumani “Shexoncha” mahallasida yashovchi, 2002-yilda tugʻilgan M.M. boshqa bir fuqaroga Buxoro shahar “Ark” qoʻrgʻoni qarshisidagi bogʻ ichida bir dona oq qogʻoz boʻlagiga oʻralgan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika boʻlimining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra sof vazni 10,59 grammga teng boʻlgan koʻp miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasini 3.200.000 soʻmga baholab sotayotganda aniqlanib, qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan M.M. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага