29 Yanvar 2023
421
Buxoro shahrida ogʻufurushlar faoliyatiga chek qoʻyildi
2023-yil 24-yanvar kuni soat 22:58 larda Buxoro shahar Mustaqillik koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining “102” raqami orqali bergan xabariga koʻra, shahar IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan ushbu koʻchada yashovchi Q.J. ismli shaxsning yonlari koʻzdan kechirilganda, viloyat IIB Ekspert kriminalistika boʻlimining xulosasiga koʻra sof vazni 8,63 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 2 dona “AVION” yozuvli gugurt qutida qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB TB tomonidan Q.J. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati