Buxoro shahrida fohishaxona tashkil qilgan shaxslar fosh etildi
Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan “Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash bilan bogʻliq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish” borasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi.
Jumladan, 2023-yil 4-fevral kuni soat 15:00 larda O.Sh. ismli ayol oʻzi istiqomat qiladigan Buxoro shahar T.Farogʻiy koʻchasidagi xonadonida bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 700.000 soʻm pul olgan holda fohishaxona tashkil qilgani fosh etildi.
2023-yil 5-fevral kuni Buxoro tumani Novmetan qishlogʻida yashovchi 2000-yilda tugʻilgan R.M. ismli ayol ijarada yashab kelayotgan Buxoro shahri Alpomish koʻchasida joylashgan uyda kuni tanishi R.R. ismli ayolni bir erkak bilan jinsiy aloqada boʻlishi uchun xonadonning bir xonasini boʻshatib berib, 100 ming soʻm miqdoridagi pullarni olganligi aniqlangan.
2023-yil 6-fevral kuni taxminan soat 16:00 larda U.M. ismli ayol oʻzining ijarada yashab kelayotgan Buxoro shahar Alpomish koʻchasida joylashgan xonadonida bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib, shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 150.000 soʻm miqdordagi naqd pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati