28 Iyun 2022 1146

Boyovut tumanida identifikatsiya ID-kartasi bilan taʼminlash davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065 sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Boyovut tumani IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Jumladan joriy yilda 2085 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, 52 nafar fuqaroligi yoʻq shaxslarga, 105 nafar tuman hududida doimiy yashovchi xorijiy davlat fuqarolari ID karta bilan rasmiylashtirildi. 

Boyovut tumani IIB M va FRB tomonidan oʻtkazilgan aholi bilan uchrashuvlarda identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eksterritorial tartibda amalga oshirilishi yaʼni fuqaro oʻzi uchun qulay boʻlgan Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага