9 Avgust 2022 310

Bo‘lajak yosh futbolchilar va Yangiyer shahar IIB xodimlari o‘rtasida «Mini futbol» musobaqasi o‘tkazildi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, ayni paytda viloyat Ichki ishlar organlarida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz» shiori ostida «Vatanparvarlik oyligini» o‘tkazilmoqda.

Ushbu oylik doirasida tasdiqlangan rejaga asosan, 2022 yilning 5 avgust kuni Sirdaryo futbol mahorat maktabining sunʼiy qoplamali o‘yingohida Yangiyer shahar IIB xodimlari hamda Yangiyer shahrida joylashgan Sirdaryo futbol mahorat maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sportning «Mini futbol» turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada Yangiyer shahar IIB xodimlaridan iborat 3 ta va Sirdaryo futbol mahorat maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat bo‘lgan 3ta jamoa, jami 6 nafar jamoalar tarkibi tuzilib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi. O‘tkazilgan musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, keskin va murosasiz tarzda o‘tdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblik Sirdaryo futbol mahorat maktabining 8-sinf o‘quvchilariga nasib etdi. Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, bu kabi musobaqalar sportchi yoshlar o‘rtasida “Vatanparvarlik” tuyg‘usini uyg‘otish va ularning Ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusida ham shu kabi musobaqalarni muntazam ravishda o‘tkazish bo‘yicha Yangiyer shahar IIB rahbariyati hamda Yangiyer futbol maktabi masʼul xodimlari o‘rtasida kelishuvga erishildi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib bo‘lgan va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar Yangiyer shahar IIB rahbariyatining medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага