BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)ning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti masʼul xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2023-yil 22-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi polkovnik B.E.Berdialiyev hamda IIV masʼul xodimlarining Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) vakolatxonasi vakillari UNFPA vakolatxonasi rahbarining oʻrinbosari Kamolxon Inomxodjayev, gender masalalari boʻyicha UNFPA dasturiy mutaxassisi Dilora Ganiyeva, UNFPA gender dasturi boʻyicha assistent Guzaliya Nugmanxodjayevalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 3-sektor faoliyati, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha Yaponiya tajribasi, inspektor-psixologlarni xalqaro ekspertlar tomonidan oʻqitish, nogironligi bor fuqarolarga har tomonlama yordam koʻrsatish, shu jumladan, «Nurli maskan» maktablari faoliyati boʻyicha batafsil suhbat olib borildi. Undan tashqari, uzoq muddatga ketgan fuqarolar bilan bogʻliq jinoyatlar, maishiy zoʻravonlikni oldini olish, zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirishga qaratilgan tuzatish dasturini takomillashtirish borasida fikr almashildi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) hamkorlik 3 yillik ish rejasini ishlab chiqish kelishib olindi.