Bir jinoyatni yashiraman deb boshqasiga qoʻl urdi
2022-yilning 29-avgust kuni Buxoro viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan, Peshku tumani hududida joylashgan “Buxoro-Miskin” yoʻnalishining “Yaxshilik” temir yoʻl bekatida olib borilgan tezkor tadbirlar jarayonida, 1997-y.t. “Urganch” lokomotiv deposida mashinist yordamchisi boʻlib ishlovchi, Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi A.I. oʻzining boshqaruvida boʻlgan «TEM10-1133» raqamli teplovoz yoqilgʻi quyish bakidan 120 litr dizel yoqilgʻisini quyib olib, shu miqdordagi mulkni talon-toroj qilgan vaqtida ushlanadi.
Shundan soʻng, holatni rasmiylashtirmaslik va unga nisbatan qonuniy chora koʻrmaslik evaziga 30-avgust kuni A.I. Buxoro viloyat IIB TXTB boshligʻi 1-oʻrinbosariga 1000 AQSH dollari taklif qilib, ushbu pullarni “Buxoro” vokzali temir yoʻl vokzalidagi TXTB xizmat xonasida bergan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti