18 Mart 2022 1064

Bilim va mahorat tanlovi

IIV Markaziy gospitalida “Yilning eng yaxshi hamshirasi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Musobaqada ishtirok etgan oʻrta tibbiy hamshiralar toʻrtta shart boʻyicha kuch sinashdi.

Birinchi shartda har bir ishtirokchi oʻzi faoliyat yuritayotgan boʻlinmani tanishtirib, uni videorolik orqali namoyish etdi. Keyin esa nazariy va amaliy bilimlar sinovdan oʻtkazildi. Oxirgi shart erkin mavzuda boʻlib, u yanada qiziqarli tarzda oʻtdi. Hamshiralar Dilnura Qurbonova “Surxoncha raqs”, Dilnoza Yusupxodjayeva esa “Andijon polkasi” raqsini ijro etib, barchaga bir olam zavq ulashgan boʻlsa, Husnora Zaripova va Nozima Qayumovaning taʼsirli dramatik sahna koʻrinishi ham olqishlarga sazovor boʻldi.

Hakamlar “Isteʼdodli tibbiy hamshira”, “Zukko tibbiy hamshira”, “Chaqqon tibbiy hamshira” kabi nominatsiyalarda gʻoliblarni aniqlashdi. 

Ular orasidan eng yuqori ball toʻplagan 2-terapiya boʻlinmasi tibbiyot hamshirasi Husnora Zaripova Markaziy gospitalning oʻrta tibbiy xodimalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi hamshirasi” koʻrik-tanlovining mutlaq gʻolibi boʻldi. Shuningdek, uch nafar hamshira Markaziy gospital boshligʻining faxriy yorligʻi sohibiga aylandi.

Tadbirda IIV Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Sh.Nishonov barcha tadbir ishtirokchilarini ayyom bilan chin dildan tabrikladi. Ularning sharafli xizmatlariga zafarlar tiladi.

Shuningdek, IIV ashula va raqs ansambli hamda taniqli estrada xonandalari ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Abu Kenjayev, “Postda” fotomuxbiri.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага