14 Avgust 2022 598

Beshariqda profilaktika inspektorlari gumonlanuvchini o‘g‘irlik ustida qo‘lga olishdi

12 avgust kuni tungi soat 02-00 lar atrofida Beshariq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori tumanning Fayzabod MFYda joylashgan kompyuter vositalari va telefon apparatlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘koniga nomaʼlum shaxs oynani sindirish yo‘li bilan kirib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etayotganligini aniqlab, voqea joyiga zudlik bilan PPX xodimlari chaqirishgan. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida gumonlanuvchi voqea joyida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага