30 Iyul 2022 1086

Belorussiya Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston va Belorussiya respublikalarining oʻzaro doʻstligi uzoq tarixga borib taqaladi.

Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Belorussiya respublikasi IIV oʻrinbosari Dmitriy Korzyuk boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahrida boʻlishdi.

Samarqand Temiryoʻl vokzalida martabali mehmonlarni viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatov hamda Milliy Gvardiya boshqarmasi boshligʻi Asqar Umarovlar kutib olishdi.

Dastlab mehmonlar Samarqand viloyati IIB binosida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, zamon talablariga toʻla javob beradigan texnologiyalar, Samarqand shahrini doimiy kuzatib turuvchi Situatsion markazi bilan tanishdi.

Shundan soʻng, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalarini tomosha qilishdi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага