27 Iyul 2022 1094

Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi

Bugun yurtimizga amaliy tashrif doirasida Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrifning ilk kunida delegatsiya vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdi.

Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Dmitriy Korzyuk va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuv davomida ikki davlat vazir oʻrinbosarlari Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, maʼnaviy va maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish yuzasidan doimiy tajriba almashish boʻyicha muloqot qilishdi. 

Bundan tashqari tadbir davomida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida keng fikrlar almashildi. Ikki tomonlama uchrashuv davomida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yuzasidagi masalalar ham koʻrib chiqildi. 

Uchrashuv soʻngida esa ikki davlat ichki ishlar vazirligi oʻrtasida Xalqaro hamkorlikni yuqori bosqichga olib chiqish yuzasidan bir qator fikr va mulohazalar bildirib oʻtilib, kelajakdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi. 

Shundan soʻng Belarus Respublikasi Delegatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun Media markazga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi polkovnik Shohrux Gʻiyosov delegatsiya aʼzolariga Axborot xizmatining veb-sayt boʻlimi faoliyati hamda Media markazining maxsus tasvirga olish maydonchada tayyorlanadigan turli mavzudagi koʻrsatuvlar, media mahsulotlar, ijtimoiy roliklar va ijodiy ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.

Ayni damda Belarus Respublikasi Delegatsiyasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar akademiyasi hamda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun yoʻl oldilar. Delegatsiyaning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага