17 Mart 2023 495

Behayo rasmlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi

Buxoro shahar A.Gʻijduvoniy koʻchasida yashovchi 2005-yilda tugʻilgan X.A. va Buxoro shahar A.Somiy koʻchasida yashovchi 2005-yilda tugʻilgan A.I. lar bir guruh boʻlib, oldindan jinoiy til biriktirib, shaxs uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib, Jondor tumanida yashovchi bir qizning behayo videolarini tarqatish va sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, 2023-yil 6-fevral kunidan boshlab bir necha marotaba undan pul talab qilib olib, oxirgi marotaba talab qilingan 15.000.000 soʻmdan 9.900.000 soʻm miqdoridagi pullarni olgan. Ammo shu bilan ham kifoyalanmasdan yana 4.100.000 soʻm miqdoridagi pullarni berishga majbur qilish darajasiga keltirib qoʻygan.

Qizning Buxoro viloyati IIBga qilgan murojaati asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ikki shaxs Buxoro shahar Pedagogika instituti oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага