10 May 2022 1066

Bayram munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand viloyati IIB rahbariyati uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan faxriylar holidan xabar oldi.

Pastdarg‘om tumani “To‘rttom” mahallasi “Burganli” qishlog‘ida yashovchi, 1941-1945 yillarda front ortida xizmat qilgan Sabirzyanova Favziya ona bugun 94 yoshda. Onaxon bugungi bayram bilan qutlanib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng, uzoq yillar ichki ishlar tizimida xizmat qilgan, 1-guruh nogironi 82 yoshli isteʼfodagi podpolkovnik Maxkamov Raxmon bobo xonadoniga borildi. Raxmon bobo bilan dildan suhbat qurilib, bayram bilan muborakbod etildi.

Bugun 90 yoshni qarshi olgan isteʼfodagi katta leytenant Ishankulov Xazratkul otaning xonadoni Boshqarma rahbariyatining keyingi manzili bo‘ldi. Otaxon xam bayram bilan qizg‘in muborakbod etilib, bir piyola choy ustida dildan suhbat qurildi. Bugungi tinchlik kunlariga shukronalar keltirildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага