8 Mart 2023 302

Ayol - eʼzozga loyiq zot

Samarqand viloyat Ichki ishlar organlarida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami nishonlandi.

Mamlakatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi ichki ishlar organlari tizimida ham minglab opa–singillarimiz samarali mehnat qilishmoqda.

Ular biz bilan bir safda el – yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishda chinakam jasorat namunasini ko‘rsatib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari hamda IIO faxriylar taklif etilib bayram dasturxoni yozildi.

Xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimalar orasidan Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshlig‘ining buyrug‘iga asosan bir guruh xotin-qizlar taqdirlanishdi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага