Andijon viloyatining bir nechta tuman IIB boshliqlari tomonidan probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan sayyor qabullar oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kungi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi VM-84-son qarori ijrosi yuzasidan Andijon viloyatining Marhamat, Xoʻjaobod va Shahrixon tumani IIB boshliqlari tomonidan qarorda koʻrsatilgan hamkor tashkilotlarning ustuvor vazifalari boʻyicha sayyor qabullari oʻtkazildi.
Sayyor qabullar davomida probatsiya boʻlinmalari hisobida turgan shaxslarning muammolari tinglanib, ular tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Bundan tashqari, qabul jarayonida hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari tashkil etilib, nazorat ostidagi shaxslarning bandligini taʼminlash choralari koʻrildi.
Hozirda bu kabi sayyor qabullarning oʻtkazilishi davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati