Andijon viloyatida probatsiya hisobida turib jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlayotgan bir guruh shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi
Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon shahar, Asaka, Baliqchi va Izboskan tumanlarida sayyor sud majlislari oʻtkazildi. Ushbu tumanlar IIB Probatsiya guruhlari nazoratida turib, tuzalish yoʻliga oʻtgan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va mehnatga halol munosabatda boʻlib, tayinlangan jazodan oʻziga toʻgʻri xulosa chiqarib olgan 27 nafar shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab kelayotgan hamda sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, jazo oʻtash tartibini muntazam buzayotgan 6 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari ogʻirroq turdagi, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Hozirda bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati