10 Fevral 2023 278

Andijon viloyatida probatsiya hisobida turgan shaxslarning muammolarini oʻrganish boʻyicha “Sayyor qabul” va “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

2023-yil Davlatimiz rahbari tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan, joriy yil boshidan Probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarga eʼtiborni kuchaytirgan holda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kungi “Ichki ishlar organlari Probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 84-son qarori ijrosi yuzasidan shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari Probatsiya boʻlinmalari hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni Qarorda koʻrsatilgan mutasaddi tashkilotlar va “Ishga marhamat Monomarkazi” bilan hamkorlikda ularni bandligini, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida Probatsiya boshqarmasi maʼmuriy binosida keng koʻlamli Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan mehnat yarmarkasi davomida ish izlab yurgan jami 6 nafar shaxsning bandligi taʼminlanib, 9 nafariga ishga yoʻllanma berildi. Yana 5 nafar muayyan kasbga ega boʻlmagan shaxslar oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha “Monomarkaz” tomonidan taqdim etilgan oʻquv kurslariga jalb etilib, roʻyxatdan oʻtkazilishiga erishildi.

Shuningdek, Probatsiya boshqarmasi boshligʻi va mutasaddi tashkilot masʼullarining nazoratdagi shaxslarni muammolarini oʻrganish va ularga yechim topish boʻyicha “Sayyor qabuli” tashkil etilib, qabul jarayonida ishtirok etgan jami 85 nafar nazoratdagi shaxsdan 11 ta muammo aniqlanib, ularning 7 tasini joyida hal qilish chorasi koʻrildi. Qolgan 4 ta muammoni hal qilish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul jarayonida tadbirga jalb etilgan 72 nafar yoshlarga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyun kungi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-sonli qarorida koʻrsatilgan 20 turdagi imtiyozlarning berilish tartiblari atroflicha tushuntirib oʻtildi.

Tadbirda nazoratdagi shaxslar bilan mutaxassis psixologlarni jalb qilgan holda oʻquv seminari, psixologik trening va tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.Xususan, oʻziga ishonchi yoʻqolgan va ruhiy daldasi yetishmayotgan nazorat ostidagi shaxslar oʻrtasida musaffo va tinch hayotga, ozodlikni qadriga yetishga hamda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirishga qaratilgan yakka tartibdagi psixologik suhbatlar oʻtkazilib, ularning psixologik portretlari tuzildi.

Shuningdek, Jazolarni ijro etish muassasalaridan Probatsiya hisobiga chiqqan 8 nafar yangi hisobga olingan nazorat ostidagi shaxslar tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlanib, ularni orasidan 1 nafar ambulator davolanishga muhtoj boʻlgan shaxsga yoʻllanma berilib, kerakli dori-darmon bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, tashkil etilgan uchrashuv va seminarda nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularga har tomonlama yordam berish maqsadida toʻliq taftishdan oʻtkazilgan xolda oʻrganilib, ular orasidan aniqlangan kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtojlarini tegishliligi boʻyicha “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga tizimli kiritib borish amaliyoti joriy qilindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага