19 Fevral 2023 424

Andijon viloyati IIB Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Paxtaobod tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 28 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi

Bugungi kunda ishsiz aholining bandligini taʼminlash, ularni tinch va farovon turmush kechirishlariga sharoit yaratish va bu orqali odamlarning roziligini olish davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan eng muhim vazifalardan biridir.

Ayni shu vazifalardan kelib chiqib, Paxtaobod tumanidagi 1-son Kasb-hunar maktabida jazo muddatini oʻtab qaytgan, probatsiya hisobida turgan fuqarolar bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, tuman hokimligi hamda aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda 28 nafar fuqaro turli yoʻnalishlar boʻyicha ish oʻrniga ega boʻldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага