14 Avgust 2022 628

Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma bo‘linmalari, “102” tizimi xodimlari bilan psixologik seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!» shiori ostida «Vatanparvarlik oyligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi tegishli farmoyishiga asosan, Andijon Davlat Universiteti hamkorligida, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma bo‘linmalari “102” tizimi xodimlari bilan psixologik seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda yosh xodimlar xizmat davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni psixologik tomondan hal qilish usullari va yo‘llari interfaol tarzda tushuntirildi.

Shuningdek, hozirgi kunda keng tarqalib borayotgan «psixotrop moddalar» va «totalizator o‘yinlar»iga qaram bo‘lib qolish va ushbu illatlarning yoshlar ongiga, sog‘lig‘iga jiddiy ziyon keltirishi natijasida ularning ortidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar bir-qancha misollar orqali keltirib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага