24 Mart 2023
190
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan firibgarlik yoʻli bilan sodir etilgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
Joriy yilning 16-mart kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan “Xalq banki” Andijon viloyati filiali binosida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida fuqarolarning juda koʻp miqdordagi mol-mulklarini firibgarlik yoʻli bilan talon-taroj qilish bilan bogʻliq sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida ushbu jinoyatlarni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va omillar tub ildizigacha muhokama qilindi.
Hozirda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan bu kabi tushuntirish va targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati