Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan yana bir korrupsion holat fosh etildi
Joriy yilning 7-yanvar kuni Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.A.ning arizaga asosan Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, Departamentning Andijon tumani boʻlimi hamda DXX Andijon tuman boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali Kadrlar boʻlimi inspektori vazifasida ishlovchi M.J ariza muallifi A.A.ni tez yordam xizmatiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishga olib kirib qoʻyishini aytib, undan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati