16 Dekabr 2022
416
Andijon tumanida oʻtkazilgan sayyor sudda 10 nafar nazoratdagi shaxs muddatidan avval jazolaridan ozod qilindi
Joriy yilning 16-dekabr kuni Andijon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib, tuzalish yoʻliga oʻtgan 10 nafar nazoratdagi shaxs oʻtkazilgan sayyor sudda jazolaridan muddatidan oldin ozod etildi.
Shuningdek, mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, 3 nafar nazoratdagi shaxslarning bandligi taʼminlandi.
Hozirda bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati