23 Dekabr 2022 558

Amerika qo‘shma shtatlari vakili bilan ichki ishlar organlari sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida AQSHning Toshkentdagi elchixonasining huquq-tartibot faoliyati masalalari bo‘yicha vakili Elizabet Jons bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari va 2023-yilda ichki ishlar sohasidagi istiqbolli masalalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, tomonlar AQSH huquqni muhofaza qilish organlarining ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv kurslarini tashkil etish orqali O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.

Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага